"Barselona" hujumchisi Antuan Grizmann La liga qayta boshlanishi arafasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi."Biz bu lahzani intizorlik bilan kutyapmiz. So'nggi rasmiy o'yinimizdan beri ko'p vaqt o'tdi. O'ylashimcha, biz birinchi o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Bizni kutayotgan 11ta finalni yaxshi boshlab olishimiz muhim ahamiyatga ega. Shaxsan men uchun mazkur dam olish foydaga xizmat qiladi. So'nggi 5 yilda bunchalik ko'p dam olmagan edim. Shuning uchun jismoniy va ruhiy jihatdan foydali bo'ldi. Oilam va farzandlarim bilan vaqtni o'tkazdim. Endi esa o'yinga qaytishga tayyorman.Barchasi "Barselona" qo'lida. Bizni kutib turgan 11ta o'yinda g'alaba qozonsak, chempion bo'lamiz. O'ylashimcha, biz g'alaba qozonishga va futboldan zavq olishga tayyormiz.Men maydonda ham, uning tashqarisida ham jamoaning muhim qismi bo'lishni istayman. O'yindan zavq olishni va har bir o'yinda g'alaba qozonish uchun jamoadoshlarimga yordam berishni istayman", – dedi Grizmann "Barselona" rasmiy saytiga bergan intervyusida.
10-Iyun 2020,22:10