Top klublardagi eng kuchsiz darvozabonlar
Keylor Navasning ajoyib o'yin namoyish etayotganiga qaramay, Florentina Perec tomonidan «Real Madrid»ga olib kelingan Tibo Kurtuaning ishlari yurishmayapti. Xatto Zidan uni o'yin paytidayoq zahiraga olishga majbur bo'ldi.
Kurtua qanchalar kuchli darvozabon bo'lmasin, uning darajasi «Real Madrid»nikiga sira mos kelmayapti. Xo'sh yana qanday darvozabonlar top klublar ishonchini oqlay olmagan? Bugun ushbu savolga javob topishga urunib ko'ramiz.
Gomes
Londonning «Tottenhem» jamoasi tomonidan 2008-yilda 8 million evro evaziga harid qilingan darvozabondan muxlislarning umidi katta edi. «Shporlar» aynan o'sha yili muoliyaviy yangi darajaga ko'tarilgan va jamoa chempionlik uchun kurash olib bora oladigan darajaga ko'tarilishi tahmin qilingan edi. Braziliyalik darvozabon jamoani yangi darajaga ko'tarilishida yordam berishi kerak edi, biroq hammasi o'zgacha tus oldi. Uzoq masofadan kelayotgan to'plarni ushlab qolishda qo'pol xatoga yo'l qo'yishni xush ko'ruvchi kipper o'ta muhim uchrashuvlarda jamoasiga bir necha bor pand berib qo'yadi. Futbolchining tavon puli juda qimmat bo'lgani uchun «Shporlar» uning barcha xatolariga ko'z yumgan bo'lsada, 2010/11-yilgi mavsum EChL o'yinlari doirasida «Real Madrid»ga qarshi bahsdagi xatosini kechira olmadi va uni asosiy darvozabonlikdan mahrum etishdi. Oradan ko'p o'tmay Gomes «Uotfurd» jamoasida faoliyatini davom ettirdi.
Antonio Adan
Ushbu darvozabon «Real Madrid»da Iker Kasilyasning o'rnini egallashi kutilgan edi, biroq Adan top darajadagi darvozbon emasligi darrov ko'zga tashlanib qoldi. Joze tomonidan Ikerni safdan olib tashlash maqsadida Adanga bir necha bor imkon bergan bo'lsada, qahramonimiz o'z bo'yidan balandga sakray olmadi. Umumiy hisobda Adan 18 bor «qirollik klubi» safida maydonga tushgan bo'lsa, 19 bor o'z darvozasidan to'p olib chiqishga majbur bo'lgan. Eng achinarlisi shundaki, o'zining debyut uchrashuvidayoq kulguli vaziyatda to'p o'tkazib yuborgan va jamoaning mag'lubiyati uchun asosiy sababchiga aylananadi. Oradan ko'p o'tmay, «qaymoqranglilar» futbolchini «Betis»ga sotib yuborishdan boshqa chora topa olishmadi.
Kevin Trapp
Parij klubi dunyoning eng boy jamoalaridan biriga aylangach, italiyalik posbon Salvatore Siriguni jamoaga taklif etadi. 4 mavsum davomida o'rtacha o'yin ko'rsagan darvozabondan ko'ngli to'lmagan Parij klubi kelajagi porloq Kevin Trappni 10 million evro evaziga harid qilishga qaror qilgpnidan xabaringiz bor.
Germaniyalik posbonning PSJga yordam berishiga barcha ishongan bo'lsada, Trapp ilk uchrashuvlardayoq barchaning hafsalasini pir qildi. O'zining jamoadagi ilk 5 ta uchrashuvida 3 bor qo'pol xatoga yo'l qo'ygan kipper EChL doirasida «Real Madrid»dan juda kulguli xolatda to'p o'tkazib yuboradi. Trappning ilk mavsumining so'ngida, klub Alfonso Areolani sotib oladi. Alfonso tezda Trappni asosiy darvozabonlikdan ortiqcha qiyinchilisiz ozod etadi. Parij klubi Kevin Trappni ikkinchi darvozabon bo'lishini ham istamaydi va «Ayntraxt»ga qaytarib yuboradi.
Klaudio Bravo
33 yoshida ham 18 million evro evaziga «Manchester Siti» tomonidan harid qilingan darvozabon Gvardiola o'yin uslubiga mos tushishi tahmin qilingan edi. Darhaqiqat, Bravo «Barselona» jamoasida hujum boshlab berar, to'p bilan munosabatda bo'lish borasida benazir edi. Afsuski, APLning shiddati Bravoni shoshirib qo'ydi. Qahramonimiz shu qadar ko'p qo'pol xatolarga yo'l qo'ydiki, asosiy tarkibdagi o'rnini klubning 3-darvozaboni sanalgan Kabaleroga boy berib qo'ydi. Oradan ko'p o'tmay, Sheyhlar jamoaga 40 million evro evaziga Edersonni olib kelishdi va ushbu zonadagi muammolar ancha bartaraf etildi.
Lorius Karius
Ushbu darvozabon o'yin davomida juda ishonchli ko'rinsada, ko'pincha muhim uchrashuvlarda jamoani qiyin ahvolda qoldirgani bilangina muxlislar yodida qolgan desak, adashmagan bo'lamiz. Ayniqsa «Liverpul»ning EChL finalida «Real Madrid»ga qarshi o'yini uning shousiga aylanib ketgan edi. Karius o'yindan so'ng, muxlislar oldida ko'z yosh to'kkan bo'lsada, o'sha kuni o'zining asl darajasini butun duyoga ko'rsatib bo'lgan edi. O'z faoliyatidagi eng muhim uchrashuvda qo'pol xatolarga yo'l qo'ygan darvozabon tufayli «Liverpul» braziliyalik Alissonni sotib oldi va Kariusni «Fenerbahche»ga qo'yib yubordi. Alisson nimalarga qodir ekanligini barchaga qisqa muddatda ko'rsatib qo'ygan bo'lsa, Karius hali-hamon «kalla qo'yishda»davom etmoqda
Coutinho_14
28-Oktyabr 2019,07:30
28-Oktyabr 2019,07:30
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Xabarlar (1)
Bo'limlar
Muloqot (288/+0)
Yangiliklar (30190/+15)
UzFIFA Yangiliklari (22.11.2024)
Futbol TV Yangiliklari (22.11.2024)
ONLINE TV (47) LIVE
Forum (20 / 165)
So'ngi izohlar (9690/ +0)
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1660)
Eng ko'p o'qilgan
17-Noyabr
10:10
18-Noyabr
18:10
16-Noyabr
23:40
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)