Kataloniyaning «Barselona» klubi yarim himoyachisi Ivan Rakitich «Atletik» klubiga qarshi uchrashuvdan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi. «Barselona» hamda «Atletik» klublari o'rtasidagi uchrashuvda kiritilgan yagona golga aynan Rakitich mualliflik qildi.
«O'yinga kirishib ketishimiz qiyin bo'ldi. Qiyin g'alabaga erishdik. Mavsumdagi dastlabki kiritgan golim jamoamga foyda olib kelgani yoqimli bo'ldi. Ushbu kiritgan golimni so'nggi bir necha oyda meni sabr qilib kutgan turmush o'rtog'im va qizimga bag'ishlmayman. Shuncha uzoq muddat gol ura olmaganimga hayronman. Hozir baxtiyorman.
«Atletik» sifatli o'yin ko'rsatdi, yaxshi himoyalandi, shu sababli, bizda bo'sh hududlar kam bo'ldi. Biz to'p bilan imkon qadar tezroq harakat qilishimiz kerak edi», - dedi xorvatiyalik futbolchi.
24-Iyun 2020,10:50
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0