Ispaniya La Ligasining 28-turi doirasida o'tkazilgan «Malorka» — «Barselona» uchrashuvida maydonga yugurib chiqqan muxlis 4 ming evro miqdorida jarimaga tortilishi mumkin. Bu haqda AS xabar bermoqda.Manbaga ko'ra, sportdagi zo'ravonlik va irqchilikka qarshi kurash bo'yicha davlat komissiyasi muxlisga sport inshootlariga olti oy davomida tashrif buyurishni taqiqlash bilan birgalikda 4 ming evro miqdorida jarima solishni taklif qilgan. O'z navbatida «Malorka» ham 20 ming evro miqdorida jarimaga tortilishi mumkin.Avvalroq tomoshabinlarsiz o'tgan «Malorka» — «Barselona» uchrashuvida muxlis Lionel Messi bilan suratga tushish maqsadida maydonga yugurib chiqqani haqida xabar berilgandi.Mazkur uchrashuv 4:0 hisobida «Barselona» foydasiga hal bo'lgan.
24-Iyun 2020,13:50