"Barselona" klubi hujumchisi Antuan Grizmanning otasi jamoa bosh murabbiyi Kike Setenning gaplariga javob qaytardi.
Avvalroq, Seten Grizmaninng kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotganiga quyidagicha tushuntirish bergan edi: "Undan uzr so'ramayman, biroq u o'zini yomon his qilishini tushunaman. Suares va Leoni doim maydonda salash kerak. Grizmannga jamoani izdan chiqarmasdan joy topish qiyin".
"Gapirish uchun, sizda yuk mashinasining kaliti bo'lish kerak. Siz esa oddiy yo'lovchisiz", -deya javob qaytardi futbolchining otasi.
Eslatib o'tamiz, frantsiyalik hujumchi "Atletiko"ga qarshi bo'lib o'tgan uchrashuvning 90-daqiqasida Arturo Vidalning o'rniga zaxiradan maydonga tushirildi. Joriy mavsum Grizmann 32ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol urgan hamda 5ta golga assistentlik qilgan.
1-Iyul 2020,17:50