«Barselona» sobiq prezidenti Xoan Gaspar hujumchi Lionel Messining klubni tark etishi mumkinligi haqida gapirdi.«Messi «Barselona»ni tark etmaydi. U klubning bir qismi va «Barselona»ni yaxshi ko'radi. Klub va shahar esa uni yaxshi ko'radi. Uning oilasiga bu erda yashash juda qulay. Nega endi amalga oshmaydigan narsalar to'g'risida gaplashishimiz kerak. Ishonchim komil, Messi professional faoliyatini «Barselona»da yakunlaydi. Ammo bu Messi «Barselona»dan ketganidan so'ng Xitoy, AQSh yoki Yaponiyada o'ynay olmaydi degani emas.Unda hali dunyoning eng yaxshi o'yinchisi bo'lish uchun bir necha yil bor, uning natijalari esa tarixda qoladi, chunki futbolda yana bir Leo Messi paydo bo'lishi dargumon.O'ylashimcha, mish-mishlar klub yaxshi natija ko'rsata olmayotgan paytda paydo bo'ladi. Bunday yangiliklar ko'ngilni xira qiladi, «Barselona»ni yoqtirmaydiganlarni xursand qiladi. Ishonamanki, Messi biz uchun klubni tark etmaydi», — deydi Gaspar.Avvalroq argentinalik futbolchining klub bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni to'xtatgani va klub ichidagi muhitdan norozi ekani haqida xabar berilgandi.
4-Iyul 2020,15:30
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0