Singapur bosh murabbiyi O'zbekistonni mag'lub etish rejasini oshkor qildi

Singapur terma jamoasi bosh murabbiyi Tatsuma Yoshida JCh-2022 saralash bosqichi doirasida bo'ladigan O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Biz faqat himoyada o'ynashimiz mumkin. Barcha 11 nafar futbolchini jarima maydonimiz atrofida joylashtirib, raqibning bor-yo'g'i 1:0 yoki 2:0 hisobida g'alaba qozonishini cheklashimiz mumkin. Lekin bu biz uchun yaxshi emas.
Biz o'rganishga va mukammal o'yin namoyish etishga harakat qilishimiz kerak. Shunday harakat qilmasak, bizda imkoniyat bo'lmaydi. Lekin raqibning kuchsiz tomonidan foydalanishga harakat qilsak, bizda g'alaba uchun imkoniyat bo'ladi. Shunga harakat qilib ko'rishimiz — men uchun muhim ahamiyatga ega.
Saudiya Arabistoni har tomonlama bizdan yaxshi o'ynadi. Biz ularning kuchsiz tomonini topa olmadik. O'zbekiston esa vertikal o'yin namoyish qiladi. Biz kerakli joyda zich himoyalanishimiz, raqibga bosim qilishimiz va imkoniyat qidirish uchun oldinga chiziqqa tezkor uzatmalar berishimiz kerak", — dedi Yoshida.
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Xabarlar (2)
Bo'limlar
Muloqot (297/+0)
Yangiliklar (32248/+14)
UzFIFA Yangiliklari (07.04.2025)
Futbol TV Yangiliklari (07.04.2025)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1745)
Eng ko'p o'qilgan
4-Aprel
17:10
09:00
16:50
"Real" futbolchilari: "Barsa" bilan o'yinda 60-daqiqagacha chidasak bo'ldi!
O'qildi: 124 - Fikirlar: 0
O'qildi: 124 - Fikirlar: 0
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)