Xavi ertami kechmi “Barselona” bosh murabbiyi bo‘ladi “Barselona” prezidenti Jozep Bartomeu Xavi ertami kechmi klubning bosh murabbiyi bo‘lishini tan oldi, ammo klub keyingi mavsumda Kiki Setyenni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini maʼlum qildi. Kataloniyaliklar Setyen boshchiligida La Ligada ikkinchi o‘rinni egallab turishibdi. Ushbu holat, “Barselona” muxlislarini tashvishga solyapti. Shuning uchun Setyen mavsum oxirida jamoadan ketishi mumkin.