
«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman taqdimot marosimida jamoa hujumchisi Lionel Messi haqida o'z fikrini bildirib o'tdi.«Messi jamoada qolishi uchun uni ko'ndirishga to'g'ri keladimi yoki yo'qmi, bilmadim. U jahondagi eng yaxshi futbolchi. Har bir murabbiy o'z jamoasida shunday o'yinchi bo'lishini istaydi. Shaxsan men Messi bilan bajonudil ishlayman. U o'yin taqdirini hal qila oladi. U jamoada qolsa, bundan xursand bo'lardim.Uning klub bilan shartnomasi mavjud. Lekin u bilan gaplashishim kerak. Biz ba'zi futbolchilar bilan gaplashib olmoqchimiz. Umid qilaman, Messi uzoq yillar davomida klubda qoladi», – dedi Kuman.
Fikrlar 0