Ushbu libos klub ranglari (ko'k-anorrang)ni va Kataloniya bayrog'ining qizil va sariq ranglarini birlashtiradi va klubning qaerga tegishli ekanlini, qadr-qimmati, o'ziga xosligi va "Barselona"ning ildizlariga ishora qiladi.

Libosni jamoaning sobiq sardori Karles Puyol taqdim etadi -  uni matbuot xizmatida postida "klubning o'ziga xos qadriyatlari va uning o'yin uslubi personifikatsiyasi" deb nomlashgan.

"Real" va "Barselona" o'rtasidagi o'yin 2021 yilning 11 aprelida La Liga 30-tur doirasida bo'lib o'tadi. Libos yanvar so'nggida sotuvga chiqariladi.