Kecha Jahon chempionati-2022 saralash bosqichi doirasida Frantsiya Ukrainaga qarshi bahs olib bordi (1:1).

Uchrashuvda «uchranglilar»ning yagona goliga «Barselona» hujumchisi Antuan Grizmann mualliflik qildi. Qayd etish kerak, ushbu gol Antuan uchun terma jamoadagi umumiy 34 si bo'ldi. Bu bilan u David Trezegega etib oldi.

Ma'lumot uchun terma jamoa to'prurarlar reytingida Anri peshqadamlik qilmoqda (51). Undan keyingi o'rinlarni Jiru (44) hamda Platini (41) egallagan.