Barcelona
Rivaldo: "Barselona" qoniqarsiz natijalar qayd etishni boshlashi bilan Valverdeni iste'fosi haqida mish-mishlar tarqaladi. Shu payt birinchi yodga keladigan ism - Ronald Kuman. Gollandiyalik mutaxassis Valverdening o'rniga ajoyib nomzod.
Ammo Valverde bilan bog'liq masala klubning Chempionlar ligasidagi va La ligadagi ishtirokiga bog'liq. Agar Valverde Chempionlar ligasida g'olib bo'lmasa, kelasi mavsumdan yangi murabbiyni ko'rishimiz mumkin.
Klub Valverde bilan yevrokuboklarda zafar quchmoqchi, ammo hozircha bunday bo'lmadi, shuning uchun, o'ylashimcha bu uning so'nggi imkoniyati.
La ligada sovrin yutish "Barsa" muxlislari uchun yangilik emas va ularni yetarlicha xursand qila olmaydi, chunki ularning asosiy maqsadi - Chempionlar ligasi. Agar Valverde yana omadsizlikka uchrasa, o'zgarishlar vaqti kelganidan darak beradi.
UB
Fikrlar 2
Biz 2-yildan beri la ligani chap oyog'mizda yutyapmiz
ishlachi qani