Jamoaga Evro-2020dan keyingi ta'tildan qaytgan Serji Buskets, Jordi Alba va Martin Breytueyt qo'shildi.

Klub ixtiyoriga hali Lionel Messi, Serxio Aguero va Emerson Aparesido kelmadi: ular Amerika Kubogidan so'ng ta'tildalar.

"Ko'k-anorranglilar" Germaniyada "Shtutgart" bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazishadi, shundan so'ng esa Avstriyaga "RB Zaltsburg" bilan o'yin uchun yo'l olishadi.