“Bavariya” forvardi Robert Levandovski “Barselona” a'zosiga aylandi.

33 yoshli hujumchining transferi 45+3 mln evroga amalga oshdi. Polshalik “ko'kanorranglilar” bilan bir yilga uzaytirish huquqi bilan 2025 yilga qadar shartnoma imzolaydi.

U yakshanba kuni Barselonaga borada va keyin esa mavsumga tayyorgarlikni AQShda olib borayotgan yangi jamoasi safiga borib qo'shiladi.

Levandovski myunxenliklar tarkibidagi 8 mavsumi davomida 375 o'yinda 344 ta gol urdi va 72 pasni o'z hisobiga yozdirdi.