“Liverpul” va “Barselona” klublarining sobiq yarim himoyachisi Filippe Koutino tez orada Evropani tark etib, vataniga qaytishi mumkin. Jurnalistlar xabariga ko'ra, "Aston Villa" futbolchisi Braziliyaning "Korintians" klubiga o'tishi mumkin.

Birmingemning yangi bosh murabbiyi Unai Emeri Koutino xizmatlariga umuman muhtoj emas. Shu bois futbolchi transferga qo'yildi.

Braziliyalik futbolchining o'z vaqtida Villa Parkga o'tishi tashabbuskori uning sobiq "Liverpul"dagi sherigi Stiven Jerrard bo'lgan, u yaqin vaqtgacha birmingemliklar bosh murabbiyi bo'lgan.