Transferrmarkt portali ayni paytda dunyoning eng qimmat futbolchilaridan ramziy jamoani tuzib chiqdi. Ushbu 11 futbolchining umumiy narxi 1 milliard evrodan oshdi. Ramziy jamoadan Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu o'rin olishmadi. Hujum chizig'idan Foden, Vinisius Junior, Xoland va Mbappe o'rin olishdi. Ramziy jamoadagi eng arzon futbolchi — bu darvozabon Tibo Kurtua (60 million evro) bo'ldi.