Madridning «Real» klubi hujumchisi Karim Benzema EChL 1/8 finalining «Liverpul»ga qarshi javob uchrashuvida (1:0) gol urdi.

Bu frantsiyalik futbolchining pley-offdagi 33-goli bo'lib, u Chempionlar ligasi tarixida hamon 3-o'rinni egallab turibdi.

Bu ko'rsatkich bo'yicha rekordchi 67 gol bilan Krishtianu Ronaldu hisoblanadi. Ikkinchi o'rinda Lionel Messi («PSJ», 49).

Top beshlikka, shuningdek, Robert Levandovski («Barselona», 30) va Tomas Myuller («Bavariya», 26) kiradi.