"Volfsburg" va "Barselona" 2022/23 yilgi mavsumda ayollar o'rtasidagi Chempionlar ligasi finalida o'ynaydi.

Nemis klubi yarim finalda “Arsenal”dan (5:4, 2:2), kataloniyaliklar esa “Chelsi”dan (2:1, 1:0 ) ustun kelishdi.

Uchrashuv 3 iyun kuni Niderlandiyaning Eyndxoven shahrida bo'lib o'tadi.

"Barselona" ketma-ket uchinchi mavsum finalga chiqdi, 2020/21 yilgi mavsumda jamoa "Chelsi"ni mag'lub etib chempion bo'ldi va undan avvalgi yili "Lion"ga mag'lub bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, kataloniyaliklar safida ayollar o'rtasidagi "Oltin to'p"ning amaldagi sohibi Alektsiya Putelyas to'p suradi.