
"ESPN" nashri futbol tarixida "trebl" qayd etgan klublar reytingini tuzib chiqdi (trebl — bir mavsumda 3 ta sovrin qo'lga kiritish — milliy chempionat, mamlakat kubogi va Chempionlar ligasi). Futbol tarixida "trebl"ga erishgan klublar soni 7 ta bo'lib, nashr 2015 yilgi «Barselona»ni trebl qayd etgan kuchli jamoa deb topdi. Reyting esa quyidagicha bo'ldi:1. «Barselona» mavsum-2014/15;2. «Bavariya» mavsum-2019/20;3. «Barselona» mavsum-2008/09;4. «Seltik» mavsum-1966/67;5. «Manchester Yunayted» mavsum-1998/99;6. «Bavariya» mavsum-2012/13;7. «Ayaks» mavsum-1971/72;8. «Inter» mavsum-2009/10;9. PSV mavsum-1987/88.Sakkizinchi "trebl" sohibi esa «Manchester Siti» bo'lishi mumkin, agar jamoa 10 iyun kuni EChL finalida "Inter"ni mag'lub etsa.
Fikrlar 0