"Barselona" "Atletiko" bilan hujumchi Joau Feliks transferi bo'yicha kelishib oldi, deb xabar bermoqda Marca.

Manbaga ko'ra, kataloniyaliklar 23 yoshli portugaliyalikni ijaraga olishadi.

2022/23 yilgi mavsumning ikkinchi qismida Feliks "Chelsi"da ijara asosida o'ynadi. U London klubi safida 20ta o'yinda 4ta gol urgan.