
"Korintians" yarim himoyachisi Gabriel Moskardo "Barselona"ga o'tishga tayyor. Jurnalist Joakim Pieraning xabariga ko'ra, braziliyalik futbolchi "Kamp Nou"ga o'tishga tayyor.
"Barselona" sport direktori Dekoga Moskardo juda yoqadi, u rahbariyatni futbolchini sotib olishga undagan. Gabrielning o'zi allaqachon jamoani ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boradi va Xavi Ernandes jamoasiga o'tishdan xursand bo'lardi.
Moskardo avvalroq “Chelsi”ga o'tishga yaqin edi, biroq “Korintians” futbolchini 30 million evroga sotishdan bosh tortgach, “ko'klar” yarim himoyachiga bo'lgan qiziqishni sovitib yubordi.
Fikrlar 0