"Barselona" Lionel Messi ketganidan keyin birinchi marta Chempionlar ligasining pley-off bosqichiga chiqdi.

Xavi shogirdlari guruh bosqichining 5-turida “Portu”ni mag'lub etdi (2:1) va 1/8 finalda ishtirok etishini kafolatladi.

“Blaugrana” oxirgi marta 2020/21 yilgi mavsumda pley-offga chiqqandi. Shundan so'ng ular ikki marta guruhda uchinchi o'rinni egallab, Evropa ligasiga tushib ketishdi.

Lionel Messi "PSJ"ga 2021 yilning yozida o'tgan edi.