Kataloniyaning «Barselona» klubi Nike bilan chorak asrlik hamkorlikdan so'ng texnik hamkorini o'zgartirishi mumkin.

So'nggi paytlarda kataloniyaliklar 155 million evro turadigan va 2028 yilgacha mo'ljallangan shartnomani etarlicha baholanmagan deb hisoblamoqda - «Barselona» rahbariyati ko'proq pul so'ramoqda. 

Ko'proq to'lashga tayyor bo'lgan bitta kompaniya borga o'xshaydi: New Balance. Ammo «Barselona» avvalgidek, Puma brendiga qaytishi mumkin, deya aniqlik kiritadi derbyderbyderby.it italyan nashri.