FIFA talqiniga ko'ra 2023 yilning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan "Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola o'zining sobiq jamoasi "Barselona" haqida gapirdi.

"Barsa" – mening yuragimga jo bo'lgan klub. U erda menga hamma narsani berishdi. Bu mening hayotimning bir qismi.

"Manchester Siti"ga kelsak, bu klub ko'plab xodimlarning mehnati evaziga yuksaldi. "Shaharliklar" bilan trebl - men uchun alohida lahza", - dedi "Barselona"ning ispaniyalik sobiq  mutaxassisi.

Eslatib o'tamiz, Gvardiola murabbiylik faoliyatini Kataloniya grandida boshlagan. Xosep 2016 yilda «Manchester Siti» bosh murabbiyi lavozimini egallagan. Uning qo'l ostida jamoa ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritdi.