"Bavariya" bosh murabbiyi Tomas Tuxel mavsum oxirida o'z lavozimini tark etishi haqidagi xabarga izoh berdi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan dam olish kunlari Bundesligada myunxenliklar va etakchi “Bayer” o'rtasidagi farq 8 ochkoga etdi.

"Biz ushbu mavsum oxirida hamkorlikni to'xtatishga kelishib oldik. Ungacha men va murabbiylar shtabi, albatta, maksimal muvaffaqiyatni ta'minlash uchun qo'limizdan kelganini qilishda davom etamiz", - dedi Tuxel "Bavariya" rasmiy saytiga.

Bungacha Tomas "Bavariya" boshqaruvida bitta sovrin - o'tgan mavsumda Bundesliga chempionligini qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lgandi. Tuxel "Barselona" bosh murabbiyi lavozimiga da'vogarlik qilmoqda.