"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes "Napoli"ning qaysi futbolchisini ko'proq yoqtirishi haqidagi savolga javob berdi.

"Lobotka. O'ylashimcha, u "Barselona"dek klubda o'ynash uchun etarli darajada saviyaga ega", - dedi Xavi matbuot anjumanida.

Joriy mavsumda 29 yoshli yarim himoyachi barcha turnirlar doirasida 38 ta uchrashuvda qatnashib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.