
“Barselona” himoyachisi Jyul Kunde Frantsiya terma jamoasi o'yinida jarohat oldi.
25 yoshli futbolchi Germaniya terma jamoasiga qarshi kechgan o'rtoqlik uchrashuvining 60-daqiqasida frantsuzlarning 0:2 hisobidagi mag'lubiyati bilan yakunlangan o'yinda almashtirildi. Jurnalist Saber Desfarje xabariga ko'ra, "Barselona" futbolchisi to'pig'idan jarohat olgan. Uning qachon tiklanishi haqidagi ma'lumotlar keyinroq paydo bo'ladi.
26 mart kuni Frantsiya terma jamoasi Chili bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.
"Barselona"ning navbatdagi o'yini 30 mart kuni "Las-Palmas"ga qarshi o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Fikrlar 0