Kataloniyaning “Barselona” klubi rahbarlari asta-sekin Ispaniya terma jamoasi va Bilbaoning “Atletik” klubi vingeri Niko Uilyams bilan shartnoma imzolashga yaqinlashmoqda.

Jurnalist Aaron Dominges xabariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" 22 yoshli futbolchi bilan shartnoma borasida kelishib olishgan.

Kataloniya grandi Uilyamsning transferi uchun 60 million evro to'lashi kerak. Ammo klubda yangi mavsum uchun futbolchini ro'yxatdan o'tkazishda muammo bor.