«Barselona» himoyachi Jyul Kunde «Rayo Valekano»ga qarshi o'yin oldidan o'tkazilgan nazariy mashg'ulotga kech qoldi. Natijada klub bosh murabbiyi Hans-Diter Flik futbolchini «Rayo Valekano»ga qarshi o'yin uchun asosiy tarkibga kiritmadi.Hansi Flik mazkur holatga quyidagicha izoh berdi:  «Bu futbol, va bunday narsalar sodir bo'lishi mumkin», – dedi murabbiy.  Kundening mavsumdagi ishtiroki  Frantsiyalik himoyachi joriy mavsumda 37 o'yinda maydonga tushib, 3 gol va 7 assistga mualliflik qilgan.  Uning «Barselona» bilan shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati €60 millionni tashkil etadi.