"Real" yarim himoyachisi Jud Bellingem hakamni haqorat qilgani uchun 2 o'yinga diskvalifikatsiya qilindi.

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik ingliz futbolchisining diskvalifikatsiyasiga munosabat bildirdi.

"Bu haqda gapirmoqchi emasman. Bellingem ajoyib futbolchi, u eng yaxshilaridan biri. Ammo u mening futbolchilarimga aloqasi yo'q. Men shunchaki jamoamning o'zim xohlagandek o'ynashini ko'rishni istayman", - dedi nemis mutaxassisi.