
Kataloniyaning "Barselona" klubi rahbariyati frantsiyalik himoyachi Jyul Kunde bilan yangi mehnat shartnomasini imzolamoqchi, deya xabar beradi Sport.es portali.
Manbaga ko'ra, futbolchining o'zi "ko'k-anorranglilar" safida hamma narsadan mamnun va hamkorlikni kengaytirishga tayyor. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi muddati 2027 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan. Kundening transfer qiymati 60 million evro. 26 yoshli himoyachi joriy mavsumda 44 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar 0