"Liverpul" Jeremi Frimpong transferi ustida ishlamoqda.

Jurnalist Florian Plettenbergning so'zlariga ko'ra, "Bayer" himoyachisini qo'lga kiritish bo'yicha muzokaralar ilgari surilgan. "Mersisaydliklar" Frimpongni jamoani tark etayotgan Trent Aleksander-Arnoldning o'rniga asosiy nomzodlardan biri sifatida ko'rmoqda.

Qayd etilishicha, Frimpong yozda klubini almashtirishga tayyor. 24 yoshli futbolchining tovon puli 35-40 million evroni tashkil qiladi.