
"Espanol" o'z maydonida "Barsa" futbolchilarining chempionlikni nishonlashiga to'sqinlik qilishga urindi.
"Ko'k-anorranglilar" La Liganing 36-turida "Espanol" mehmoni bo'lib (2:0) muddatidan avval Ispaniya chempioniga aylandi.
Final hushtagidan so'ng "Barselona" futbolchilari chempionlikni nishonlay boshlashdi, ammo bosh murabbiy Xans-Diter Flik futbolchilarni kiyinish xonasiga borishga chaqirdi.
Shuningdek, o'yin yakunida "Espanol" stadioni maydonida suv purkagichlar ishga tushdi, ammo "Barselona" futbolchilari bayramni davom ettirdi.
Fikrlar 0