"Barselona" yana 1:1 qoidasiga qaytdi.

Diario Sport xabariga ko'ra, La Liga prezidenti Xaver Tebas allaqachon "ko'k-anorranglilar" prezidenti Joan Laportani klub yozgi transferlar oynasida 1:1 qoidasi doirasida harakat qilishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.

Tebasning fikricha, "Barselona" barcha talablarni bajargan va moliyaviy vaziyatni barqarorlashtirgan. La Liganing shartlaridan biri klub auditori tomonidan "Kamp Nou"dagi VIP-joylarni sotishdan tushgan 100 million evro miqdoridagi daromadni tan olish edi.

Yaqin kunlarda La Liga "Barselona"ning 1:1 qoidasiga qaytganini rasman tasdiqlashi kerak.