Goal sport portali 2007 yil 1 yanvar va undan keyin tug'ilgan jahon futbolining 50 ta asosiy iqtidori reytingini tuzib chiqdi. Ro'yxatda «Barselona» va Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal peshqadamlik qilmoqda.

Kuchli o'nlik quyidagicha ko'rinish oldi:

Lamin Yamal («Barselona»);

Estevao («Chelsi»);

Pau Kubarsi («Barselona»);

Franko Mastantuono («Real»);

Lennart Karl («Bavariya»);

Maks Douman («Arsenal»);

Luka Vushkovich («Gamburg», «Tottenxem»dan ijaraga olingan);

Ayyub Buaddi («Lill»);

Jeovani Kenda («Sporting»);

Itan Nvaneri («Marsel», «Arsenal»dan ijaraga olingan).

Shuningdek, Ibraim Mbaye («PSJ») 13-o'rinni, Rio Ngumoa («Liverpul») 15-o'rinni, Mark Bernal («Barselona») 17-o'rinni, Dro Fernandes («PSJ») 18-o'rinni va Kendri Paes («River Pleyt», «Chelsi»dan ijarada) 20-o'rinni egalladi. Qolgan o'rinlarda: Kanten Ndjantu («PSJ») – 35, Tyago Pitarch («Real») – 40, Dastan Satpaev («Qayrat») – 43, Xoan Martines («Real») – 47 va Jey-Jey Gabriel («MYu») – 50-pog'onadan joy oldi.