"Real Sosyedad" va Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Mikel Oyarsabal "Barselona" tomonidan o‘ziga bo‘layotgan qiziqishlar haqidagi xabarlarga izoh berdi.
Mish-mishlarga ishonadigan bo‘lsak, Kataloniya grandi transfer bozorida Xulian Alvaresga muqobil variantlar qatorida 29 yoshli ispaniyalik futbolchi nomzodini ham ko‘rib chiqmoqda.
"Bu men hamma narsani to‘g‘ri bajarayotganimdan dalolat beradi. Ammo mish-mishlar men uchun u qadar muhim emas — ularga vaqtimni sarflamayman. Hozirda bor e’tiborimni Jahon chempionatiga qaratganman", — deya Barca Universal nashri hujumchining so‘zlarini keltirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Mikel Oyarsabal Jahon chempionati doirasida bo‘lib o‘tgan Ispaniya va Saudiya Arabistoni (4:0) terma jamoalari o‘rtasidagi yaqindagi uchrashuvda ikkita gol va bitta golli uzatmani amalga oshirib, o‘yin qahramoniga aylangan edi.
Manba: Stadion.uz
Fikrlar 0