[b]«Barselona» bosh murabbiyi Kike Seten jamoaning hujumchi Lionel Messiga bog‘lanib qolgani haqida gapirdi. «Barselona»ning 90% natijasini Messi hal qiladi. Men doim aytganman, to‘p yaxshi oyoqlarda bo‘lsa, maqsadga erishish imkoniyati shunchalik ko‘p bo‘ladi. Shu sababdan o‘yinchilar Leoni qidirishadi, chunki ular u nimadir o‘ylab topishini biladilar. Bu qaramlik esa, normal holatdir», – deydi Seten. Messi joriy mavsum La Ligada 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol va 12 ta assist qayd etdi.[/b]