France Football nashri 2019/20 yilgi mavsumda eng ko'p maosh oluvchi futbolchilarni elon qildi. Ro'yxatni " Barselona" sardori Lionel Messi boshqarmoqda. "2013 yildan beri Messi, Ronaldu va Neymardan boshqa hech kim eng katta maosh olish bo'yicha kuchli uchlikka kira olmayapti", - deyiladi xabarda. Reytingni tuzishda ish haqi, reklama daromadlari va bonuslar hisobga olingan. 1. Lionel Messi(« Barselona») — 131 million evro. 2. Krishtianu Ronaldu («Yuventus») — 118 mln. 3. Neymar (PSJ) — 95 mln. 4. Garet Beyl (« Real») — 38,7 mln. 5. Antuan Grizmann (« Barselona») — 38,5 mln. 6. Eden Azar (« Real») — 38 mln. 7. Andres Inesta («Vissel Kobe») — 34 mln. 8. Rahim Sterling («Manchester Siti») — 33 mln. 9. Robert Levandovski («Bavariya») — 29 mln. 10. Kilian Mbappe (PSJ) — 27 mln.