Ispaniya futbol federatsiyasi ispan klublariga kattagina mablag' berishga tayyor. Federatsiya kredit ko'rinishida 500 million evro bermoqchi. Ma'lumotlarga ko'ra, bu mablag' La Liga va Segundaga noma'lum muddatga beriladi. Bu bir nechta klubni bankrotlikdan asrab qolishi mumkin. Ayni damda Ispaniya koronavirusdan jabrlanish bo'yicha Evropada Italiyadan keyin turibdi.