“Barselona” hujumchisi Antuan Grizmanni jamoada olib qolmoqchi. Kataloniyaliklar yozda futbolchini sotmaydi. Bu haqda Daily Mail nashri yozmoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, “Barsa” 120 million evroga xarid qilingan frantsiyalik hujumchini sotmaslikka qaror qilgan.

Eslatib o'tamiz, avvalroq “ko'k-anorranglilar” Neymarni qaytarish uchun Grizmanni “qurbon” qilishmoqchi edi.