«Bavariya» yarim himoyachisi Filippe Koutino katta ehtimol bilan Bundesliganing ushbu mavsumida o'z jamoasiga yordam bera olmaydi. Bu haqda "Mundo Deportivo" xabar tarqatdi.Braziliyalik futbolchi 24 aprel kuni to'pig'idan operatsiya qilingan edi. U ikki haftadan keyin tiklanish jarayonini boshlashi mumkin edi. Uning to'liq sog'ayishi uchun kamida 6 hafta vaqt ketadi. Bu paytgacha esa Bundesliga yakuniga etadi. Eng yaxshi holatda u so'nggi tur o'yinida maydonga tushishi mumkin. Koutino o'z jamoasiga Evropa chempionlar ligasi bahslarida yordam berishi mumkin.Filippe ushbu mavsumda Bundesliga doirasida 22ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol urdi va 4ta golga uzatma berdi.