
«Barselona» yarim himoyachisi Ivan Rakitich jamoadan ketishi mumkinligi haqida gap-so'zlarga izoh berib o'tdi. «Rahbariyatdan kimdir menga jamoada qolishimni aytishini istardim. Bu erda muhokama qiladigan narsaning o'zi yo'q. Bartomeu menga hech narsa demadi. Keling kutamiz, u mening fikrimni o'qiganidan keyin menga qo'ng'iroq qilar. Mashg'ulotlarga qaytganimdan va yana «Barsa» futbolkasini kiyish imkoniyatiga ega bo'layotganimdan xursandman», — dedi Rakitich.
Fikrlar 0