Kuman Messi va de Yongni nima uchun Kievga olib kelmagani aytdi
"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman hujumchi Lionel Messi va yarim himoyachi Frenki de Yong nima uchun "Dinamo Kiev"ga qarshi o'yinda ishtirok etmasligini tushuntirdi."Hozirda tarkib borasida muammolarga duch kelyapmiz. Messi va de Yongni Kievga olib kelmaslikka qaror qildik. Chunki, Chempionlar ligasidagi holatimiz juda yaxshi. Ba'zida etakchilarga dam berish kerak. Bu normal holat", — dedi Kuman.