Valverde: “Messi noyob iqtidor sohibi”

Kataloniyaning «Barselona» klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde La Liganing 11-tur doirasida «Valyadolid» (5:1) ustidan qozonilgan g'alabadan keyin jamoa sardori Messi haqida gapirib o'tdi.
«Messi ajoyib iqtidor egasi.U istalgan raqibdan o'tib ketishi mumkin. Mashg'ulot paytida shunday vaziyatlar bo'ladiki, u o'ng yoki chap tarafga pas beradi deb turgan bir paytda, to'pni umuman boshqa tarafga oshirib yuboradi. Bunday vaziyatni faqatgina u oshira olishi mumkin. Kundan kunga u o'zini ajoyib his qilib bormoqda. O'z formasiga tushib bormoqda. Messi ko'rsatayotgan o'yinidan barchamiz xursandmiz», — Valverdening so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal.
Ushbu g'alabadan keyin «Barselona» ochkolar sonini 22 taga etkazib oldi va turnir jadvalida peshqadamga aylandi.
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (311/+0)
Yangiliklar (34131/+13)
UzFIFA Yangiliklari (20.08.2025)
Futbol TV Yangiliklari (20.08.2025)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1800)
Eng ko'p o'qilgan
17-Avgust
17:40
14-Avgust
14:28
13-Avgust
18:10
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)