Suares: "Men shunchaki dunyoning eng yaxshi jamoasi uchun o'ynashni yaxshi ko'raman"
Suares: "Men shunchaki dunyoning eng yaxshi jamoasi uchun o'ynashni yaxshi ko'raman"
Suares "Barselona" uchun 195-golini urdi. Kubalani ortda qoldirib, urugvaylik tarixdagi eng yaxshi uchinchi to'purar bo'ldi.
-"Dunyoning eng yaxshi jamoasi uchun o'ynashdan zavqlanaman. Men juda baxtiyorman va klubning uchinchi to'purari bo'lganimdan g'ururlanaman",dedi Luis Suares Movistarga “Espanyol”ni 1:0 hisobida mag'lub etgandan so'ng.
195 ta gol bilan u 1951-1961 yillar orasida "Barselona" da o'ynagan Laslo Kubalani ortda qoldirdi. 33 yoshli futbolchi bu marraga 206 ta o'yinda erishdi, demak u har bir uchrashuvda 0,94 ta gol urgan.
Faqat Sezar Rodriges Alvares (232 ta gol) va Leo Messi (630) urugvaylikga qaraganda ko'proq golga egalar.
Shunigdek Luis Suares o‘yin haqida to‘xtaldi.
-"Espanyol"ning turnir jadvalidagi og‘ir holati tufayli o‘yin qiyin kechishini bilardik. Yakshanba kungi o‘yindagi charchoq alomatlari bugun baribir sezildi. Shunga qaramay, eng asosiysi g‘alabani qo‘lga kiritdik. Vaziyatlar kam yaratilgani – raqibning yaxshi himoyalangani bilan bog‘liq. Raqib bo‘sh hudud qoldirmadi. Chetlatishlardan keyin esa vaziyat biroz o'zgardi."
-"Endi bizdan talab qilinadigani qolgan uchta bahsda ham g‘alaba qozonib, "Real"ning qoqilishini kutishdir."
Ma’lumot uchun, "Barsa" ochkolari sonini 76taga yetkazib, 2-o‘rinda bormoqda. "Real" hisobida esa 77 ochko bor. Madrid jamoasi tur doirasidagi uchrashuvini 10 iyul kuni "Alaves"ga qarshi o‘tkazadi.
Manba: Twitter.com/MovistarFutbol
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (300/+0)
Yangiliklar (33142/+72)
UzFIFA Yangiliklari (16.05.2025)
Futbol TV Yangiliklari (16.05.2025)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1776 / +1)
Eng ko'p o'qilgan
9-May
23:40
12-May
05:50
11-May
08:00
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)