Grandlar shoshiling!
Ko'plab grand jamoalar o'z kelajaklarini ta'minlash maqsadida iqtidorli futbolchilarni ertaroq xarid qilishni avzal bilishadi. Albatta, futbolchi tanilib ketishidan oldin uni qo'lga kiritish har taraflama klublar uchun noqulayliklar tug'diradi. Bugun zamoniv futbol olamida tez orada grand klublardan birida ko'rinish berishi kutilayotgan yangi nomlar haqida ma'lumotlarni taqdim etamiz.
Kay Haverts
O'zining 20 yoshida «Baer»ning chinakam etakchisiga aylangan iqtidor egasi hozirda «Bavariya»ning birinchi raqamdagi nishoni ekanligi hech kimga sir emas. O'tgan mavsumda 17 ta gol kiritib Mihayil Ballakning rekordini 19 yoshida yo'qqa chiqarishni uddalagan yarim himoyachi hozirda Bundesliganing eng iqtidorli futbolchilardan biri bo'lib turibdi. Ayniqsa, jamoa postiga Peter Boshning kelishi futbolchi yangi darajaga ko'tarilishga muvaffaq bo'ldi.
Kay Bosh qo'l ostida yanda hujumga yaqinroq o'ynashni boshladi va sermahsulligi yanada oshdi. Baland bo'yli, jismonan baquvvat bo'lgan Havertsning tezligini ham alohida qayd etib o'tish lozim. Fantastik mavsumdan so'ng, «Baer» Manchester Yunayted, «Liverpul», «Barselona» singari jamoalardan qiziqarli takliflar olgan bo'lsada, YChLdagi ishtiroki tufayli o'z tineydjerini sotishdan bosh tortdi. Hozirda Germaniya terma jamoasiga muntazam ravishda jalb etilayotgan qahramonimiz uzog'I bilan yana bir mavsum «Baer»da qolishi mumkin. Undan ko'p emas.
Mikel Oyarsabal
Yakunlagan transfer oynasi chog'ida Gvardiola tomonidan Leroy Sanening o'rnini egallashi kutilgan futbolchining kelajagi porloq ekanligiga hech kim shubha qilmasa kerak. Mikel yaqqol ko'zga tashlanib turuvchi ustunlikka ega bo'lmasada, futbol maydonida chinakam rassomga aylana oladi. Raqib jarima maydonida erkin harakat qiladigan futbolchining o'yini jamoaning hujum tempini belgilab beribgina qolmay, jamoadoshlari uchun bosh zonalar yaratishda juda qo'l keladi. Shunindek, u istalgan daqiqada qanot yarim himoyachisiga aylanishi va qanotdan boshlangan hujumlarni maydon markaziga osonlik bilan ko'chira oladi. Bir qarashda vingerdek ko'ringani bilan Mikel aslida «klassik 10-raqam» sanaladi.
Qahramonimiz o'tgan mavsumda 13 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi va hozircha o'zining sermahsul mavsumini o'tkazishga muvaffaq bo'ldi.
«Real Sosedat»ning yangi topilmasi yaqin orada jamoani tark etmasa kerak. Gap shundaki, Oyrasabel yaqindagina klub bilan tuzgan shartnomasini 2024-yilga qadar uzaytirdi va klub uning tavon pulini 75 million evroga ko'tarib qo'ydi. Bundan tashqari, Mikel o'z faoliyatini faqatgina «Real Sosedad»da davom ettirishni va ayanan shu klub ramziga aylanishni oldiga maqsad qilib qo'yganini bir necha bor ta'kidlab o'tdi. Voqeyalar rivojini kuzatamiz.
Sandro Tanali
Tashqi ko'rinishi va o'yin uslubi borasida Andreya Pirloni eslatib yuboruvchi iqtidorli futbolchi 16 yoshidayoq Italiyada tanilib ulgurgan edi. «Breshiya» jamoasi bilan «A tseriya»ga chiqishni uddalagan qahramonimizning o'yinida pasayish kuzatilishi tahmin qilingan edi, biroq hammasi tamomila o'zgacha ko'rinish oldi…
Pirlo singari tayanch zonasidan hujumlarni boshlab beruvchi rejjista vazifasini bajjaruvchi yarim himoyachi nafaqat maydonni yaxshi ko'ra oladi, balki o'yinni ham o'qiy olish qobiliyatiga ega. Shuningdek, u ijrosidagi standartlar ham o'ta havfli. Qisqacha qilib atganda ikkinchi Pirlo!
O'tgan mavsumda Italiya grandlaridan tushgan taklifni o'z xohishi bilan rad etgan Tonali barchasiga zinama-zina erishib borishni avzal bilmoqda. Manchini tomonidan terma jamoaga taklif etilgan 19 yoshlik futbolchi hozircha barchasini to'g'ri amalga ishirmoqda.
Eduardo Kamavinga
«Ren» jamoasi safida PSJga qarshi avgust oyidagi o'yini bilan shaxsan Mendesh va Rayola singari mashxur futbol agentlarining e'tiborini qozongan Angolalik vunderkind haqida to'xtalib o'tmaslikning iloji yo'q. Kamavinga tayanch yarim himoyachisi bo'lsada, o'yin davomida bir necha bor reydlarni amalga oshirishi kerakli pallada markaziy himoyachiga aylana oladigan darajada universal futbolchi. Endigina 19 yoshni qarshi olgan Eduardo «Ren»ning etakchilaridan biriga aylanibgina qolmay, tez orada Frantsiya terma jamoasidan taklif olishga yaqin turibdi. Shu o'rinda aytib o'tish lozim, bu Kamavinganing yuqori tempda o'tkazayotgan birinchi mavsumi va u ushbu tempni hech bo'lmasa mavsum so'nggiga qadar ushlab qolishi talab etiladi. Ana shundagina, biz uni keying mavsumda biror bir top klubda ko'rishimiz mumkin.
Coutinho_14
31-Oktyabr 2019,09:47
31-Oktyabr 2019,09:47
O'xshash yangiliklar
14:00 «San-Siro»da «Milan» darvozasiga so'nggi 20 yildan beri hech kim uchta gol kirita olmayotgandi
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (288/+0)
Yangiliklar (30235/+13)
UzFIFA Yangiliklari (25.11.2024)
Futbol TV Yangiliklari (25.11.2024)
ONLINE TV (47) LIVE
Forum (20 / 165)
So'ngi izohlar (9690/ +0)
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1660)
Eng ko'p o'qilgan
19-Noyabr
06:30
Niko Uilyamsni "Barselona"ga o'tkazish bo'yicha kelishuvdagi asosiy to'siq ma'lum bo'ldi
O'qildi: 57 - Fikirlar: 0
O'qildi: 57 - Fikirlar: 0
18-Noyabr
18:10
21-Noyabr
17:30
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)