Niderlandiya termasi hujumchisi Memfis Depay «Barselona»ga o'tishi haqida fikr bildirdi. Forvard bu yil yozda «Lion»dan ko'chib o'tdi va "ko'k-anorranglilar" bilan 2 yillik shartnoma imzoladi. «Men juda baxtliman. Bu juda muhim kun. Men «Kamp Nou»ga sayohat qilishni va «Barsa»ning barcha a'zolari bilan uchrashishni kutmoqdaman. Men ta'tildan qaytdim va endi mashg'ulotlarga bor e'tiborimni qaratish vaqti keldi. Imkon qadar tezroq moslashishga harakat qilaman.Kuman bilan oldinga ko'plab qadamlarni tashladim, uning murabbiyligi ostida terma jamoada o'ynash juda muhim edi. Jarohatlarim paytida u meni qo'llab-quvvatladi. Avvalgidan kuchliroq qaytib kelish uchun kurashayotganimni ko'rdi, hamma narsada meni qo'llab-quvvatladi. U meni o'z jamoasida ko'rishni talab qildi, shuning uchun men juda xursandman. Men jang qilishga tayyorman», – dedi Depay.
20-Iyul 2021,22:00