“Slaviya” “Kamp Nou”da 7 yildan beri ECHLda hech qaysi jamoa ko'rsata olmagan natijani qayd etdi
Praga klubi ECHL 4-turi doirasida safarda “Barselona” bilan 0:0 hisobida durang qayd etdi.
“Slaviya” ECHL guruh bosqichida “Kamp Nou”da gol o'tkazib yubormagan so'nggi 7 yil ichidagi ilk klub bo'ldi. So'nggi bor bunday natijaga 2012 yil dekabrida “Benfika” erishgandi. O'shanda ham 0:0 hisobi qayd etilgandi.