Qahramon Aslanov maqolasi: «Sharhlovchi va xolislik»
Futbol sharhlovchilarimizning eng ko'p tanqid qilinadigan jihati u yoki bu jamoaga yon bosishdir. Men taniydigan sharhlovchilarning qisman qaysi jamoaga muxlis ekanlarini bilsam ham, aslida, ayblovlar biroz noo'rin, menimcha. O'tgan yili “Qo'qon 1912” jamoasi o'z maydonida “Paxtakor”ni qabul qilgandi. Hisobni mehmonlar ochgan, ikkinchi taym oxirlarida qo'qonliklar hisobni tenglashtirgandilar. O'shanda sharhlovchi Xayrulla Hamidovdan ko'p “paxtakorchi” muxlislar xafa bo'lgandilar – Xayrulla aka “Paxtakor”ning golidan ko'ra, mezbonlarning goliga ehtiroslikroq reaktsiya bergan, balandroq ovoz bilan “gol” deb aytgan. Xo'sh, bu noxolis sharhmi?Xolislikni har kim turlicha tushunadi. Sharhlovchi uchun xolislik bu – futbolni xolis muxlisdek tomosha qilish va sharhlash. Tasavvur qiling, “Paxtakor”ga ham, “Qo'qon”ga ham muxlis bo'lmagan, xolis tomoshabin televizorda bu uchrashuvni kuzayatpti. Xo'sh, uning qaysi jamoa goliga reaktsiyasi kuchliroq bo'ladi? Beixtiyor qaysi jamoaga muxlislik qiladi? Tabiiy ravishda, kuchsizroq jamoaga, chunki “Qo'qon”ning goli o'yinni yanada qizitib yuborishi mumkin. Yoki kecha sharhlovchilar “Liverpul”ning uchinchi golidan ko'ra, “Manchester Siti”ning goliga ko'proq xursand bo'lishdi. Xo'sh, gap ularning noxolis ekanliklaridami, ya'ni ular “Siti” muxlisimi? Yo'q, sharhlovchi o'yin stsenariysidan, yanada qizib ketishidan manfaatdor – Manening goli o'yinni sovutgan bo'lsa, Silvaning goli yana jonlantirdi, so'nggi 10 daqiqa yanada qiziqroq o'tishini ta'minladi. Umuman, “Barselona” darvozasiga “Levante”ning golini baqirib nishonlagan sharhlovchi bu ishni “Real” muxlisi ekani uchun qilmaydi. Shunchaki, bu gol o'yindagi intrigaga ijobiy ta'sir qilishini, bu esa, sharhlanayotgan o'yinning yanada qiziqroq, shiddatliroq o'tishiga zamin yaratishini bilgani uchun xursand bo'ladi. Albatta, gap bahsli vaziyatlarni, hakamning qarorlarini bir tomonlama baholash, bir tomonni ortiqcha maqtab yoki yomonlab yuborishning mavzuga aloqasi yo'q. Sharhlovchining shu shaklda o'yin kayfiyati bilan hamohang bo'lishi, stsenariy bilan mos ravishda emotsiya ko'rsatishi mutlaqo tabiiy va juda kerakli jarayon. Xolis baho berish ilinjida doimiy ravishda muvozanat haqida o'ylash, har ikki tarafning tengligi borasida qayg'urish sharhni jonsiz, zerikarli qilib qo'yadi.Qahramon Aslanov
Stephan_El_Shaarawy
11-Noyabr 2019,16:13
11-Noyabr 2019,16:13
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Xabarlar (1)
Bo'limlar
Muloqot (288/+0)
Yangiliklar (30251/+14)
UzFIFA Yangiliklari (26.11.2024)
Futbol TV Yangiliklari (26.11.2024)
ONLINE TV (47) LIVE
Forum (691 / 44163)
So'ngi izohlar (9690/ +0)
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (5406 / +2)
Eng ko'p o'qilgan
21-Noyabr
17:30
24-Noyabr
09:30
25-Noyabr
06:10
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)