“Qora” Italiya (Erkinjon G‘aybullaev blogi)
Fabio nafaqat “perudjiliklar” safidagi terma jamoaga chaqirilgan ilk o‘yinchi, balki, termaga ilk marta chaqirilgan qora tanli “matros”ga aylandi.
Mario Balotelli atrofida bo‘lgan shov-shuvlar Italiya futboli tarixiga nazar solishga turtki bo‘ldi, ya’ni Italiya pasportiga ega bo‘lgan qora tanli futbolchilar va ularga nisbatan ishlatilgan irqchilik munosabatlariga to‘xtalib o‘tamiz.
Italiya G‘arbiy Evropada qora tanli futbolchilarga eshigini ochgan mamlakatlardan biri hisoblanadi. Fransiya terma jamoasining yarim tarkibi qora tanli futbolchilardan iborat.
Afrikada Italiyaning atigi ikkita koloniyasi bo‘lgan – Somali va Liviya. Somaliyaliklar mustaqillikkacha ham, mustaqillikdan keyin ham metropoliyaga qiziqishmadi. Evropaga migratsiya ham katta masshtabda amalga oshirilmagan. Shuning uchun Italiyada qora tanli futbolchilar kam sonli bo‘lgan. Ulardan ba’zilari futbol ham o‘ynashgan, lekin mashhurlikka erishmagan. A seriyadagi qora tanli futbolchilarning hammasi legionerlar edi.
Lekin 2001-yilda Italiya futbolida yangilik bo‘ldi. Terma jamoaga “Perudji” yarim himoyachisi Fabio Liverani chaqirildi. Fabio nafaqat “perudjiliklar” safidagi terma jamoaga chaqirilgan ilk o‘yinchi, balki, termaga ilk marta chaqirilgan qora tanli “matros”ga aylandi. Liveraning onasi somalilik edi. Aytib o‘tish kerakki, bu narsa ko‘pchilikka yoqmadi. Hattoki, Liverani “Perudji” futbolkasida bo‘lgan paytda qo‘llab-quvvatlagan muxlislarga ham. Fabio terma jamoada porlay olmadi. Atigi uchtagina o‘yin o‘tkazgan Liverani “Perudji” futbolkasida o‘zini qulay his qilishini sezdi.
Fabio Liveranidan so‘ng Jovanni Trappatoni terma jamoaga “Kevo” futbolchisi Kristian Manfredinini chaqirdi. Kristian kelib chiqishi Kot-d’Ivuarlik bo‘lgan italiyalik futbolchi edi. Manfredini ham terma jamoa safida atigi ikkita o‘yin o‘tkazgan.
Shundan so‘ng yana bir qancha kelib chiqishi afrikalik bo‘lgan Italiya fuqarolari terma jamoa safida o‘ynashdi. Ularning ichida eng mashhuri Mario Balotelli hisoblanadi. U Palermoda tavallud topgan. Oilasi Ganadan kelgan edi. Farzandlari ko‘p bo‘lganligi sababli Balotellining otasi kasal bo‘lgan Marioda dori-darmon etkazib bera olmadi va uni boshqa oilaga berishga majbur bo‘lgan. Shu tariqa Barvua familiyasini Balotelli familiyasiga o‘zgartirgan. Mario Evropa futbolida o‘ziga xos o‘rin egalladi.Nafaqat maydondagi, balki, maydondan tashqaridagi harakatlari, o‘zini tutishi, har xil qiliqlari bilan ham yodda qoladigan bo‘ldi. Undan tashqari irqchilikka eng ko‘p duch keladigan futbolchi ham aynan Mario hisoblanadi.
Italiya terma jamoasi sharafini himoya qiladigan yana bir qora tanli futbolchi bu Anjelo Ogbonna hisoblanadi. Asli kelib chiqishi nigeriyalik. O‘zining mahorati evaziga Ogbonna “Torino” safida o‘z o‘rnini egalladi va turinliklarning almashtirib bo‘lmas futbolchisiga aylandi. Keyin esa Turinning boshqa jamoasi “Yuventus”ga o‘tdi va u erda ko‘p ushlanib qolmadi. “Yuve” rahbariyati uni 2 mavsumdan so‘ng “Vest Xem” jamoasiga sotib yubordi va hozirda ham Anjelo londonliklar sharafini himoya qilyapti. U Italiya terma jamoasi bilan Evropa vitse-chempioniga aylangan. 31 yoshli futbolchi ham terma jamoaning kerakli futbolchilaridan biri hisoblanadi. Uning irqchilikka nisbatan o‘z munosabati bor.
“Irqchilik haqida qancha kam gapirsak, shuncha e’tibor kamayadi. To‘g‘ri, uni butunlay yo‘qotib bo‘lmaydi. Ammo e’tiborni kamaytirsa bo‘ladi.” – deydi futbolchi.
Ogbonna nigeriyalik muxlislarning nafratiga uchragan. Lekin futbolchi o‘zi haqida “Men Italiyada tug‘ilganman. O‘zimni italiyalik his qilaman. Hattoki, familiyam italyancha” – deydi.
“Roma” tarbiyalanuvchisi Stefano Okaka-Chuka 16 yoshida rimliklar safida debyutini o‘tkazgan. Bir necha oydan so‘ng esa o‘z debyut golini nishonlagan. “Roma” safida debyut golini urgan eng yosh futbolchiga aylandi. Rimda uni hamma hurmat qilardi. Keyinchalik esa klub uni ijaraga berib yubordi. Ijaradan qaytach esa, o‘zini ko‘rsata olmagan Okaka-Chuka rimliklar safidan ketishga majbur bo‘ldi. Bir necha yillik sayohatdan so‘ng u hozir yana Italiyada o‘ynayapti. Hozirgi klubi “Udineze”.
“Men uyimga qaytganimdan xursandman. Gollar urishni va jamoamga foydam tegishini istayman” – deydi Stefano.
Ammo Okaka-Chuka irqchilikka uchramagan. Balki bu haqida shikoyat qilishni istamagan kam sonli futbolchilardan hisoblanadi.
Lekin Moize Kin irqchilikdan aziyat chekkan futbolchilardan biri hisoblanadi. “Yuventus”da o‘ynab yurgan kezlarida “Kalyari” bilan bahs vaqtida tribunadan hushtakbozliklar, irqchilik haqidagi qo‘shiqlar sadosi yangrab turardi. Kin bunday munosabatlarga o‘z gollari, Skudettoni yutishi va Italiya terma jamoasiga chaqirilishi bilan javob qaytardi. Italiyadagi irqchilikdan bezgan Moize Angliyaga ketishga qaror qildi. “Everton” safiga borib qo‘shilgan Kinni muxlislar o‘zgacha kayfiyatda kutib olishdi. Angliyaga o‘tgach, Moizeda nafaqat irqchilik, balki, gollar ham yo‘qolib qoldi
Angliyada u gol urishni unutib qo‘ydi. Italiya terma jamoasi uni chaqirmayapti, Kot-d’Ivuar esa uni o‘z futbolchisi deya hisoblamaydi.
Italiyada o‘ynaydigan qora tanli futbolchilar ro‘yxati yuqoridagilar bilan cheklanmaydi. Yana ko‘plab futbolchilar bor. Bu futbolchilar ko‘proq irqchilik tufayli aziyat chekishadi. Muxlislar irqchilik kayfiyatini yo‘qotishini, dunyoda hamma teng huquqli ekanligini unutmasligini va maydondagi o‘yiniga qarab baho berishini tilab qolamiz. Zero, irqchilik eng yomon odatlardan biri.
Stephan_El_Shaarawy
11-Noyabr 2019,22:59
11-Noyabr 2019,22:59
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (288/+0)
Yangiliklar (30251/+14)
UzFIFA Yangiliklari (26.11.2024)
Futbol TV Yangiliklari (26.11.2024)
ONLINE TV (47) LIVE
Forum (20 / 165)
So'ngi izohlar (9690/ +0)
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1661 / +1)
Eng ko'p o'qilgan
21-Noyabr
17:30
24-Noyabr
09:30
25-Noyabr
06:10
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)